Samarqandda yana bir jome masjidining yangi binosi qurilmoqda
Samarqand shahridagi «Obi rahmat» jome masjidining yangi binosi qurilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasining viloyat vakilligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Samarqand shahridagi bir qancha masjidlar qatori «Obi rahmat» jome masjidining yangi binosi qurilmoqda. Yangi bino barcha sharoitlarga ega, zamonaviy va milliy arxitektura uslubining uyg‘unlashgan andozasi asosida qurilmoqda.
Qayd etilishicha, joriy yil 15 may kuni masjid eski binolarini buzish ishlari boshlangan. Hozirga kelib masjid yangi binosining yerto‘la qismi to‘liq bitkazilgan bo‘lib, unga eshik romlar o‘rnatilgan, devorlarga ishlov berilmoqda.
Ta'kidlanishicha, masjidning yangi binosi ikki mingdan ziyod namozxonlarni bag‘riga sig‘dira oladi. Masjid xonaqohi tepasiga diametri 8 metrlik gumbaz o‘rnatiladi. Masjid hashar yo‘li bilan qurilmoqda va uni yil oxirigacha bitkazish reja qilinmoqda.
Masjid imom-xatibi Akmal Mamatqulovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda masjid qavmi namozlarni jamoat bilan ochiq maydonda ado etmoqda. Namozxona sifatida qo‘shimcha bino ham hozirlab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024