Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro viloyatida o‘ziga tegishli yerni sotayotgan fermer ushlandi
Buxoro viloyati Jondor tumanida o‘ziga tegishli bo‘lgan yerning 70 sotixini 2 ming AQSh dollariga sotayotgan fermer ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida, Jondor tuman hokimligi tomonidan o‘ziga 49 yillik ijara shartnomasi bilan berilgan yerni sotayotgan fermer xo‘jaligi rahbari R.S. ushlangan.
U, o‘ziga tegishli fermer xo‘jaligining sug‘oriladigan yer maydonidan 70 sotix yer maydonini ishlab chiqarish korxonasi qurish uchun davlat kadastr agentligi tuman bo‘limi vakolatli rahbarlari orqali nomiga rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 2 ming dollar pora berishga dalolat qilib, kimyoviy ishlov berilgan pullarni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan R.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:43 / 03.05.2025
“10 marta takrorlab, eslab qolaman” – 205 ta davlat poytaxtlarini yoddan biladigan 8 yoshli Shukrona
10:03 / 01.05.2025
Qorako‘l hokimi 600 mln so‘m pulni to‘lamaslik uchun fermerga bosim qilyapti – Fermerlar kengashi vakili
07:35 / 26.04.2025
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
19:52 / 24.04.2025