Namanganda «Neksiya» urib yuborgan 7 yoshli bola vafot etdi
Namangan viloyati Mingbuloq tumanida «Neksiya» 7 yoshli bolani urib yuborgan. Oqibatda bola og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 13 iyul kuni soat 15:45larda Mingbuloq tumani «Baliqchi-Mingbuloq-Pungon» yo‘lining 63-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.
«Neksiya» mashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan, 2014 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda 7 yoshli bola og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024