Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ulug‘norlik fuqaroga sholi mahsulotlarini olib berishni va'da qilib, chuv tushirishdi
Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro N.B Ulug‘nor tumanida istiqomat qiluvchi B.A.ning ishonchiga kirib, Toshkent viloyati Bekobod tumanidan sholi mahsulotlarini olib berishini aytadi.
B.A.dan 4.000 AQSh dollari va 15.000.000 so‘m pullarni olib ketadi. Ammo va'da qilingan sholi mahsulotlarini olib bermasdan, pullarni shaxsiy ehtiyoji uchun sarflab yuborgan. Fuqaro N.B o‘zining bu noqonuniy xatti-harakatlari bilan o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Ulug‘nor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan shu yilning 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Qo‘rg‘ontepa tuman “Dehqon bozori” MChJ moddiy javobgar shaxslari asossiz ravishda oylik maoshlari va savdo xizmatidan tushgan mablag‘larni talon-toroj qilganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
14:21 / 20.02.2025
Xorazm viloyati sholi yetishtiruvchilari qo‘shimcha subsidiyalar oladi
21:11 / 19.01.2025
Xorazmda 10 gektar yerni 250 mln so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi
16:26 / 16.10.2024
Xorazmda yana reyderlik. Sholikorlar hosilini tortib olish ommaviy tus olganmi?
20:17 / 16.08.2024