Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukus - Oqto‘be - Nukus yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Uzbekistan Airways 21 iyundan boshlab Nukus — Oqto‘be — Nukus yo‘nalishida haftasiga bir marta, payshanba kunlari muntazam qatnovni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Nukus – Oqto‘be yo‘nalishidagi aviachipta narxi 1 071 693 so‘mdan, Nukus—Oqto‘be — Nukus yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi esa 1 853 472 so‘mdan boshlanadi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nukus—Aqtau — Nukus yo‘nalishida muntazam qatnov yo‘lga qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
19:24 / 20.05.2025
Nukus davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
13:42 / 02.05.2025