Jahon | 16:01 / 20.07.2021
8239
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy Guantanamo qamoqxonasini yopishga qaror qildi

Qamoqxonani yopishga ilk marta sobiq prezident Barak Obama harakat qilgan va 2009 yil yanvarda tegishli farmoyish chiqargan, ammo respublikachi kongressmenlarning qarshiligi sababli bu qaror ijro etilmagandi.

Foto: Getty Images

Vashington Guantanamo ko‘rfazidagi qamoqxona va harbiy-dengiz bazasini yopishga qaror qildi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki ma'lum qildi, deb xabar bermoqda The Hill.

«Menda grafik yo‘q. Jarayon ketmoqda, bu bizning maqsadimiz», — degan u.

Psakining qayd etishicha, qamoqxonadagi 39 mahbusdan 10 nafari o‘z vatanlariga repatriatsiya qilinish huquqiga ega. Yana 17 nafari ishni qayta ko‘rib chiqishni so‘rashi mumkin, 10 nafari harbiy komissiyalar nazoratida va ikki nafariga hukm chiqarilgan.

Qamoqxonani yopishga ilk marta sobiq prezident Barak Obama harakat qilgan va 2009 yil yanvarda tegishli farmoyish chiqargan, ammo respublikachi kongressmenlarning qarshiligi sababli bu qaror ijro etilmagandi.

2018 yilda AQShning 45-prezidenti Donald Tramp qamoqxonani saqlab qolish to‘g‘risida farmon chiqargan.

Mavzuga oid