Sport | 07:17 / 21.07.2021
3837
2 daqiqa o‘qiladi

“Miluoki” 50 yil ichida birinchi marta MBA chempioniga aylandi

Foto: EPA

“Milouki Baks” basketbol klubi Milliy basketbol assotsiatsiyasining joriy mavsumdagi chempioniga aylandi. Jamoa pley-off bosqichining final seriyasida “Finiks Sanz”ga qarshi kurashib, uni 4:2 hisobida mag‘lub etdi.

Seriyaning “Milouki” uchun g‘alaba keltirgan oxirgi uchrashuvi Viskonsindagi Fayserv-forum stadionida bo‘lib o‘tdi va “bug‘ular” foydasiga 105:98 hisobida yakunlandi.

Ta'kidlanishicha, bu g‘alaba klub tarixidagi ikkinchisi bo‘ldi. Jamoa oxirgi marta roppa-rosa 50 yil avval – 1970/1971 yillardagi mavsumda MBA g‘olibiga aylangandi. O‘shanda jamoa uchun afsonaviy Karim Abduljabbor o‘ynagan.

E'tiborlisi, “Miluoki” joriy final seriyasining ilk ikki uchrashuvida mag‘lubiyatga uchrab, keyin qatorasiga 4ta g‘alabani qo‘lga kirita oldi.

“Miluoki” hujumchisi Yannis Adetokunbo finalning eng qimmatli o‘yinchisi deb topilgan. U hal qiluvchi uchrashuvda 50 ochko to‘plagan. 

“Miluoki” final seriyasigacha yo‘lda “Mayami Xit”, “Bruklin Nets” va “Atlanta Xouks” klublarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga oid