Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MBAning eng ko‘p pul topadigan basketbolchilari reytingi e'lon qilindi
MBAda oylik maosh miqdori oxirgi 30 yil ichida o‘n baravarga oshdi va o‘tgan mavsumda (pandemiyaga qadar) bir o‘yinchiga o‘rtacha 9,5 mln dollarga to‘g‘ri keldi.
Forbes MBA 2020/21 mavsumining eng ko‘p daromad topadigan basketbolchilari reytingini e'lon qildi. O‘tgan mavsumdagi yetakchilar beshligi bu mavsumda ham o‘zgarmadi.
Lebron Jyeyms ketma-ket yettinchi yil MBAning eng ko‘p pul ishlaydigan o‘yinchisi bo‘lib qolmoqda. U 95,4 mln dollar daromadga ega bo‘lishi kutilmoqda. Basketbolchi reklama va boshqa loyihalardan 64 mln dollar atrofida pul topadi.
Ikkinchi o‘ringa 74,4 mln dollar daromad bilan Stefen Karri joylashdi, bundan 40 mln dollarni homiylik shartnomalari va boshqa loyihalardan oladi.
Kevin Dyurant 65,2 mln dollar daromad bilan yana uchinchi o‘rinni egalladi. To‘rtinchi o‘rindan daromadi 58,1 mln dollar bo‘lishi kutilayotgan Rassell Uestbruk, 5-o‘rindan esa 50 mln dollar daromad bilan Jyeyms Xarden joy oldi.
Ushbu mavsumda pandemiya sababli MBAda oylik maoshlar 20 foizga qisqardi, ammo tashqaridagi shartnomalar tufayli basketbol yulduzlari dunyoning eng ko‘p pul topadigan sportchilari bo‘lib qolmoqda.
MBAda oylik maosh miqdori oxirgi 30 yil ichida o‘n baravarga oshdi va o‘tgan mavsumda (pandemiyaga qadar) bir o‘yinchiga o‘rtacha 9,5 mln dollarga to‘g‘ri keldi. Bu beysbolchilarning o‘rtacha maoshidan ikki va futbolchilar maoshidan uch baravarga ko‘pdir.
Ushbu mavsumda MBAning 44 nafar o‘yinchisi kamida 25 mln dollardan maosh olishi kerak edi, ammo maoshlar qisqargani sababli ular 34 nafar qoldi.
Mavzuga oid
07:17 / 21.07.2021
“Miluoki” 50 yil ichida birinchi marta MBA chempioniga aylandi
07:59 / 12.10.2020
«Los-Anjyeles Leykers» MBAning 17 karra chempioniga aylandi
21:10 / 07.03.2020
Lebron Jyeyms MBA tarixida 34 mingdan ortiq ochko to‘plagan uchinchi basketbolchi bo‘ldi
20:11 / 13.02.2019