Namanganda ko‘prik sozlash ishlari sabab transport harakati vaqtincha cheklandi

Namanganda ko‘prik sozlash ishlari sabab harakat vaqtincha cheklandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, ob-havo o‘zgarib, yomg‘ir yog‘ishi natijasida Kosonsoy tumani tomonidan sel toshqini kelib, Namangan shahar hududidan o‘tgan 4R-117 "To‘raqo‘rg‘on-Namangan-Chortoq" avtomobil yo‘lining 15-kilometrida joylashgan ko‘prikka zarar yetgani sabab sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan harakat to‘liq cheklandi.
Shuningdek, 4R-112 "Farg‘ona halka yo‘li" avtomobil yo‘lining 73-kilometrida joylashgan "Tashlama" ko‘prigiga zarar yetganligi sabab sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan harakat qisman (bir tomonlama tashkil etilgan) cheklandi.
Haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga, yo‘l belgilariga rioya qilib, tirbandliklarning oldini olish maqsadida vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.
Mavzuga oid

21:56 / 15.05.2025
Namanganda gaz zapravkada «Jiguli» yonib ketdi

18:39 / 14.05.2025
Namangan shahar hokimi bilan radarlar masalasida “o‘chakishgan” podpolkovnik boshqa ishga o‘tkazildi

08:31 / 09.05.2025
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

14:57 / 08.05.2025