Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar hokimiyatni egallasa, Afg‘oniston quvg‘indi davlatga aylanadi – Blinken
Afg‘onistondagi hokimiyatni “Tolibon” harakati egallasa, mamlakat quvg‘undi davlatga aylanadi va xalqaro ko‘makdan mahrum bo‘ladi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken MSNBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Blinkenning ta'kidlashicha, Vashington toliblarning oxirgi harakatlaridan tashvish bildirmoqda. Ushbu harakatlar “Tolibon” Afg‘onistondagi hokimiyatni egallab olishga urinishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
“Agar bu yuz bersa, Afg‘oniston quvg‘undi davlatga aylanadi. U o‘zi izlayotgan va “Tolibon”ning aytishicha, ehtiyoj sezayotgan yordamni olmaydi”, deb aytgan AQSh davlat kotibi. Uning ta'kidlashicha, Afg‘onistondagi ixtilof harbiy yechimga ega bo‘la olmaydi va AQSh “unga chek qo‘yish ustida ishlamoqda”.
Afg‘onistondagi vaziyat mamlakatdan AQSh va NATO qo‘shinlari olib chiqilishi boshlangandan keyin keskinlashdi. “Tolibon” vakili Zabihulla Mujohidning ta'kidlashicha, harakat hozirda Afg‘onistonning 90 foizga yaqin chegarasini nazorat qilmoqda. Biroq Afg‘oniston mudofaa vazirligida bu bayonot “hech qanday asosga ega bo‘lmagan tashviqot” deb atalmoqda.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025