Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston chegarada yuz bergan otishmada Qirg‘iziston harbiylarini aybladi
Ta'kidlanishicha, Bishkekning Qummozor uchastkasi Qirg‘iziston hududida joylashgani to‘g‘risidagi bayonoti "yuridik asosga ega emas".
Tojikiston chegarachilari Qirg‘iziston bilan chegarada qo‘shni mamlakat fuqarolarining va ularni qo‘llab-quvvatlagan qirg‘iz chegarachilarining nohaq harakatlariga javoban o‘t ochishganini ma'lum qildi. Bu haqda Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot markaziga tayanib Xovar agentligi xabar berdi.
Ikki mamlakat mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, Isfara shahri aholisi chegaradagi Qummozor maskanini tozalash ishlarini o‘tkazgan, deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, Qirg‘izistonning chegara qishlog‘ida yashovchi 20 nafardan ortiq shaxs ular bilan dahanaki jangga kirishgan va Tojikiston fuqarolariga tosh ota boshlagan.
Voqea joyiga ikki mamlakat chegarachilari yetib kelgan. Ma'lumot berilishicha, qirg‘iz chegarachilari qishloq aholisining noqonuniy harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan va tinch aholi hamda tojik chegarachilariga avtomatdan o‘q uzgan.
"Tojik chegarachilari qirg‘iz harbiylarining noqonuniy harakatlariga javoban o‘t ochgan", — deyiladi xabarda.
Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari bayonotida aytilishicha, Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmatining Qummozor uchastkasi Qirg‘iziston hududida joylashgani to‘g‘risidagi bayonoti "yuridik asosga ega emas".
Ta'kidlanishicha, "ushbu uchastka 1924-1927 yillardagi hujjat va 1989 yildagi paritet komissiyasi kelishuviga muvofiq to‘laligicha Tojikiston Respublikasiga tegishli".
Avvalroq Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati Botken uchastkasida Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar qilgandi.
"Tojikiston tomoni Qirg‘iziston tomonining ishlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi talabiga bo‘ysunmagan. Tojikiston fuqarolari Qirg‘iziston fuqarosini kaltaklashga uringan. Dahanaki jang mushtlashuv va toshbo‘ronga aylanib ketgan. Janjal vaqtida tojik chegarachilari Qirg‘iziston tomonga o‘q uzgan. Qirg‘iziston chegarachilari bunga javoban Tojikiston tomonga o‘q uzgan", — deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025