O‘zbekiston | 19:45 / 28.07.2021
12414
2 daqiqa o‘qiladi

MSK prezident saylovi logotipini taqdim etdi

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi 2021 yilgi prezident saylovi logotipini taqdim etdi. Ma'lum qilinishicha, logotip ustida 3 oy ishlangan.

Saylov logotipini yaratishda maxsus guruh 3 oy davomida ish olib bordi, yakuniy ko‘rinishi 16 ta variant ichidan tanlab olindi, deb ma'lum qildi MSK matbuot markazi rahbari Sanjar Rashidov.

Guruhga mamlakatdagi barcha qatlamga mansub aholi vakillari va olimlar, psixologlar, san'atshunoslar, sotsiologlar jalb qilingani, xalqaro tadqiqotchilar va ekspertlarning ham xulosalari olingani aytildi.

Logotipning lotincha variantida "oktabr" va "2021-yil" so‘zlari xato yozilgani ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga sabab bo‘ldi.

“Dunyo tajribasi, xususan, Rossiya, AQSh, Fransiya, Koreya Respublikasi singari mamlakatlarning saylov o‘tkazish borasidagi amaliyoti o‘rganilganida ma'lum bo‘ldiki, rivojlangan mamlakatlarning aksariyati o‘z saylov kampaniyasini o‘tkazish chog‘ida foydalanadigan logotipida uchta jihat bo‘lishiga alohida ahamiyat qaratar ekan. Bular – muayyan sana, hamma uchun bir xilda tushunarli ramz, davlat bayrog‘ining rangi.

Asosiysi, logotip o‘zi bilan zarur informatsiyani “tashishi” kerak”, – dedi Sanjar Rashidov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti sayloviga 23 iyul kuni start berildi.

Mavzuga oid