Sport | 11:30 / 04.08.2021
53422
1 daqiqa o‘qiladi

Bahodir Jalolov finalga chiqdi

Boks bo‘yicha eng og‘ir vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bahodir Jalolov Tokio-2020 finaliga yo‘l oldi. 

Jalolov yarimfinal bahsida britaniyalik Freyzer Klarkka qarshi ringga chiqdi.

Birinchi va ikkinchi raundni o‘z foydasiga hal qilgan bokschi uchinchi raundda ham to‘liq ustunlik qilayotgandi, ammo raqibning jarohati sabab bellashuv yakuniga yetmadi. O‘sha vaqtgacha hisoblangan ochkolar soni bo‘yicha Jalolov yaqqol ustunlik qildi va Olimpiada finaliga yo‘l oldi.

Uning oltin medal uchun kechadigan bahsdagi raqibi yarimfinalda qozog‘istonlik Kamshibek Konkabayevni yenggan amerikalik Richard Torres bo‘ladi.

Final bahsi 8 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:15da boshlanadi.

Ma'lumot uchun, og‘ir vazn toifasida reytingning birinchi raqamli bokschisi hisoblangan Jalolov 1/8 finalda ozarboyjonlik Muhammad Abdullayev, 1/8 finalda hindistonlik Satish Kumarni mag‘lub etgandi.

Mavzuga oid