O‘zbekiston | 21:37 / 04.08.2021
14916
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi O‘zbekiston universitetining o‘quv yo‘nalishlari va qabul kvotalari e’lon qilindi

Foto: Yangi O‘zbekiston universiteti

Yangi O‘zbekiston universiteti o‘quv yo‘nalishlari va qabul kvotalari tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Prezident ta’lim muassasalari agentligi matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, universitetning o‘quv yo‘nalishlari va qabul kvotasi quyidagicha etib belgilangan:

  • Mexanika muhandisligi (100 o‘rin)
  • Kimyo muhandisligi (100 o‘rin)
  • Dasturiy ta’minot muhandisligi (100 o‘rin)

Universitetga kirish uchun talabgorlardan quyidagi hujjatlar so‘raladi:

–       pasport nusxasi (doimiy propiska sahifasi bilan);

–      umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;

–      ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (eng kamida IELTS 6.0 / TOEFL iBT 60 / Duo Lingo 95);

–      Oxirgi uch oy ichida olingan fotosuratning elektron varianti.

Ma’lumot uchun, Yangi O‘zbekiston universitetiga qabul joriy yilning 15 avgust kuni soat 18:00ga qadar davom etadi.

Avvalroq, Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova universitetda o‘qish uchun aytilgan kontrakt narxi (1 semestrda mahalliy talabalarga 24 mln 850 ming so‘m, xorijiy talabalarga 5 ming dollar) tasdiqlanmagani va hisob-kitob bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdori undan ham qimmat bo‘lishi mumkinligini bildirgandi

Mavzuga oid