Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi O‘zbekiston universitetiga yangi o‘quv yilida 300 talaba qabul qilinadi
Yangi O‘zbekiston universitetida 2022/23 o‘quv yili uchun qabul 25 apreldan boshlangan. Yangi o‘quv yilida boshqaruv fakulteti ochilib, sanoat boshqaruvi yo‘nalishiga hujjatlar qabul qilinadi.
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangi O‘zbekiston universitetida 2022/23 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi, deb xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.
Yangi o‘quv yilida boshqaruv fakulteti ochilib, muhandislik fakultetida yangi yo‘nalish – nano va ilg‘or materiallar muhandisligi tashkil qilinadi. Jami 300 nafar talaba qabul qilinadi.
Imtihon 21 iyul kuni Cambridge Assessment International education tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi. Imtihonlar har bir yo‘nalishlar kesimida quyidagi fanlardan bo‘lib o‘tadi:
- Kimyo muhandisligi – matematika, kimyo
- Mexanika muhandisligi – matematika fizika
- Dasturiy ta’minot muhandisligi – matematika, fizika
- Nano va ilg‘or materiallar muhandisligi – matematika, fizika, kimyo
- Sanoat boshqaruvi – matematika, tandiqiy va mantiqiy fikrlash.
Arizalar https://admissions.newuu.uz/ sayti orqali qabul qilinadi. Qabul 20 iyungacha davom etadi.
Mavzuga oid
16:29 / 25.03.2025
Muddatidan oldin qanday qilib talaba bo‘lish mumkin? – iqtidorli abituriyentlar uchun noyob imkoniyat
10:00 / 01.05.2024
“Yangi O‘zbekiston“ universiteti talabalari dunyoning birinchi raqamli oliygohida amaliyot o‘taydi
13:11 / 20.10.2021
Bu yil Yangi O‘zbekiston universitetining barcha talabalari grant asosida o‘qishi ma’lum qilindi
11:29 / 11.08.2021