O‘zbekiston | 10:02 / 06.08.2021
2045
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

Navoiy shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan ohak ishlab chiqarish sexi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, xususiy korxonalardan biriga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida gazdan foydalanish uchun shartnoma tuzmasdan, tarmoqqa qo‘yilgan tamg‘ani buzib tabiiy gazdan foydalanib kelingan. Buning oqibatida hududiy gaz ta'minoti korxonasi manfaatlariga 176,1 mln so‘m zarar yetkazilgan. Ushbu holat Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Oldinroq Navoiydagi ohak sexida 130 mln so‘mlik tabiiy gaz noqonuniy ishlatilgani aniqlangandi.

Mavzuga oid