Jahon | 15:54 / 07.08.2021
12267
1 daqiqa o‘qiladi

Toliblar Afg‘oniston shimolidagi Shibirg‘on shahrini egalladi

Juzjon viloyati markazi Shibirg‘on strategik muhim shahar hisoblanadi.

Foto: TASS

Toliblar bir haftalik janglardan so‘ng strategik muhim shahar — Juzjon viloyati markazi Shibirg‘on shahri ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Tolo telekanali xabar bermoqda.

Telekanalning ma'lumotiga ko‘ra, Afg‘oniston armiyasi kuchlari hozirda mahalliy aeroport hududida turibdi.

Toliblar biroz avval Shibirg‘onga kirgani aytilmoqda.

Shibirg‘on Afg‘oniston shimolida, Turkmaniston va O‘zbekiston chegarasida joylashgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid