O‘zbekiston | 16:13 / 11.08.2021
2346
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada karantin muddati 1 oktyabrgacha uzaytirildi

Adaptiv karantin rejimida har bir regiondagi epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda cheklovlar o‘rnatiladi.

Ukraina hukumati koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan adaptiv karantin muddatini 1 oktyabrgacha uzaytirdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Denis Shmigal ma'lum qildi.

«Ukraina hukumati karantin muddatini 1 oktyabrga qadar uzaytirdi. Shuningdek, mamlakatdagi favqulodda vaziyat rejimi ham uzaytirildi», — dedi u.

Shmigalning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada epidemik vaziyat nazorat ostida.

Adaptiv karantin rejimida har bir regiondagi epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda cheklovlar o‘rnatiladi.

Pandemiya boshlanganidan buyon Ukrainada koronavirus yuqtirganlar soni 2,2 milliondan oshgan, 53,1 ming kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid