O‘zbekiston | 08:26 / 14.08.2021
10240
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda chaqalog‘ini 18 ming dollarga sotgan ayol ushlandi
Yangihayot tumanida odam savdosi bilan bog‘liq jinoiy harakatga chek qo‘yildi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tadbir davomida fuqaro R.T. 2021 yil 7 avgust kuni tug‘ilgan qiz farzandini boshqa bir fuqaroga 18 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ma'lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ayni vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilayotgani aytilgan.
Mavzuga oid
12:50 / 07.11.2024
Toshkentda gaz ta’minoti xodimi 2200 dollar bilan ushlandi
22:30 / 25.10.2024
Xitoyda 17 bolani o‘g‘irlab sotgan ayol o‘lim jazosiga hukm qilindi
18:20 / 17.10.2024
Toshkentning Yangihayot tumanida savdo-ko‘ngilochar bulvari tashkil etiladi
15:55 / 09.10.2024