Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik universitet magistraturasiga test sinovlari Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi
2021-2022 o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga kirish test sinovlari 2021 yil 20 avgust kuni soat 19:00da Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.
Davlat test markazi xabariga ko‘ra, test sinovlari 2ta mutaxassislik fani va chet tilidan (ingliz, nemis, fransuz) o‘tkaziladi. Bunda talabgorlarga har bir fandan 25tadan, jami 75ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat-u 30 daqiqa vaqt ajratiladi.
Chet tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy va xalqaro sertifikatga ega talabgorlar chet tili bo‘yicha imtihondan ozod qilinadi va ularga shu fan doirasida olish mumkin bo‘lgan maksimal ball beriladi. Ularga test sinovida 2ta mutaxassislik fani uchun 1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi.
Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 207,5 ball bo‘lib, mutaxassislik fanlari bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 155 ball), chet tili fani bo‘yicha esa 2,1 balldan (jami 52,5 ball) beriladi.
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 18 avgust kuni soat 15:00dan boshlab Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olishi mumkin bo‘ladi.
Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan soat 18:30dan kechikmagan holda kelish so‘ralgan.
Mavzuga oid
08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi
23:18 / 10.05.2025
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
13:29 / 05.05.2025
Ayrim o‘qituvchilar uchun maqsadli magistratura joriy etiladi
16:45 / 28.01.2025