O‘zbekiston | 08:20 / 20.08.2021
37110
2 daqiqa o‘qiladi

«Aziz-ayol.uz» milliy platformasi o‘z faoliyatini boshlaydi

Foto: iStock

Vazirlar Mahkamasi “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Qaror bilan “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining o‘zaro elektron hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda “Aziz-ayol.uz” milliy platformasining asosiy vazifalari belgilangan. Xususan, ushbu platforma orqali:

  • xotin-qizlar, shu jumladan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka jalb etishga yordam beriladi;
  • vazirlik va idoralardan xotin-qizlar bilan bog‘liq ma'lumotlar tezkor yig‘iladi va real vaqt rejimida tahlil qilinadi;
  • xotin-qizlarning o‘z huquqlarini ta'minlanishi bo‘yicha murojaat qilishlari uchun yanada qulayliklar yaratiladi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga Milliy platformani uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash topshirildi. So‘rovga asosan vazirliklar, davlat organlari va tashkilotlari Milliy platformada joylashtirilishi lozim bo‘lgan axborotni taqdim etadilar.

Qarorga asosan, 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni” orqali tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar bilan muloqot qilish va shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko‘rsatish, maslahat berish va axborot taqdim etish masalalari bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarga 24 soat ichida tezkor munosabat bildirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Mavzuga oid