Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXShT Afg‘onistondagi vaziyat tufayli navbatdan tashqari sessiyasini o‘tkazadi
Sessiya Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon raisligida bo‘lib o‘tadi.
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) 23 avgust kuni Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilish uchun navbatdan tashqari sessiyasini o‘tkazadi. Bu haqda KXShT matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov ma'lum qildi.
“23 avgust kuni videokonferensiya rejimida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda Afg‘onistondagi vaziyat va uning KXShTga a'zo davlatlar xavfsizligiga ta'siri muhokama qilinadi”, – dedi u.
Zaynetdinovning ma'lumot berishicha, sessiya Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon raisligida bo‘lib o‘tadi.
KXShTga Qozog‘iston, Rossiya, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston va Tojikiston a'zo hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025