Iqtisodiyot | 17:07 / 23.08.2021
19548
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 millionga yaqinlashmoqda

1 avgust holatiga, Pensiya jamg‘armasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlarida hisobga olingan pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 mln 959,7 ming nafarni tashkil qilmoqda.

Pensiya jamg‘armasi ma'lumotiga ko‘ra, ularning aholi sonidagi ulushi 11,4 foizni tashkil etgan holda 2021 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 134,5 ming nafar (3,5 foiz)ga ko‘paygan.

Pensioner va nafaqaxo‘rlarning 57,7 foizi (2 mln 245,5 ming nafari) – ayollardir.

 Pensiya va nafaqa oluvchilarning:

– 2 939,5 ming nafari (74,2 foiz) yoshga doir pensiya (bundan 1 881,6 ming nafari yoki 64 foizi ayollar);

– 396,8 ming nafari (10,0 foiz) nogironlik pensiyasi (162,8 ming nafari yoki 41 foizi ayollar);

– 193,5 ming nafari (4,9 foiz)ni boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oladi;

– 429,9 ming nafari (10,9 foiz) esa nafaqa oluvchilardir (bundan 201,1 ming nafari yoki 46,9 foizi ayollar).

2021 yil 1 yanvar holatiga nisbatan:

– yoshga doir pensiya oluvchilar soni 90,5 ming kishi (3,2 foiz)ga;

– nogironlik pensiyasi oluvchilar soni 10,2 ming kishi (2,7 foiz)ga;

– boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi oilalar soni 4,4 ming oila (2,3 foiz)ga;

– nafaqa oluvchilar soni 29,4 ming kishi (7,3 foiz)ga ortgan.

2020 yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 36,7 ming nafar yoki 19,3 foiz ko‘proq fuqaroga pensiya va nafaqa tayinlandi.

Avvalroq, O‘zbekistonda 1 sentyabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshirilishi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid