Kiyevda Poroshenko ustidan “zelyonka” quyib yuborildi
Kiyevda Ukrainaning mustaqilligi kuni munosabati bilan o‘tgan tadbirlar vaqtida mamlakatning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko ustidan ko‘kdori (zelyonka) quyib yuborildi.
Bundan oldin Poroshenko Donbassdagi harbiy amaliyot ishtirokchilari tomonidan tashkillashtirilgan yurishda ishtirok etgan.
“Poroshenko vazirlar mahkamasiga yo‘l olayotganda Kreshchatik metrosi yaqinida uning ustidan ko‘kdori quyib yuborildi”, deb aytilgan xabarda. “Strana.UA” nashri ushbu holat videosini e'lon qilgan. Unda sobiq prezidentning yuzi va kiyimida ko‘kdori izlari borligini ko‘rish mumkin. Voqeadan keyin Poroshenko politsiyachilar yoniga borib, ularning mashinasiga o‘tirib, ular bilan birga noma'lum yo‘nalishda ketgan. Tadbirlar vaqtida Poroshenko bilan birga bo‘lgan uning rafiqasi turmush o‘rtog‘i bilan birga ketmagan.
24 avgustda Ukraina mustaqilligining 30 yilligi nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Kiyevda quruqlikda va dengizda harbiy paradlar o‘tgan. Ularda 4 mingdan ko‘proq harbiylar ishtirok etgan. Paradga mamlakatning sobiq prezidentlari Leonid Kuchma, Viktor Yushchenko va Pyotr Poroshenko hamda 30 dan ko‘proq davlat vakillari tashrif buyurgan.
Mavzuga oid
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
17:55 / 23.11.2024
WSJ: Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
13:12 / 23.11.2024