Jahon | 16:35 / 24.08.2021
6960
1 daqiqa o‘qiladi

Osiyoda o‘ta qashshoq ahvolda yashayotganlar soni 80 millionga yetdi

Foto: worldvision

Gap kuniga 1,9 dollardan kam mablag‘ evaziga kun ko‘rayotganlar haqida bormoqda. O‘tgan yili bunday insonlar soni 75 million nafarni tashkil etgan.

Koronavirus pandemiyasi sababli Osiyoda 80 million kishi o‘ta qashshoq ahvolga tushib qoldi. Bu haqda Osiyo taraqqiyot banki hisobotida ma'lum qilindi.

Gap kuniga 1,9 dollardan kam mablag‘ evaziga kun ko‘rayotganlar haqida bormoqda. Bunday insonlar soni o‘tgan yilgi 75 milliondan 80 million nafarga yetgan.

Pandemiya Osiyo-Tinch okeani mintaqasi rivojlanishiga tahdid soladi, deyiladi hisobotda. Xususan, sog‘liqni saqlash va ta'lim sohalarida o‘sish to‘xtagan.

Ma'lumot berilishicha, so‘nggi yillarda mintaqa iqtisodiyoti yuqori sur'atda o‘sib borgan va 2019 yilda jahon YaIMning 35 foizi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi ulushiga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga oid