OAV: «Tolibon» va qarshilik harakati o‘zaro hujum qilmaslikka kelishib oldi
Ushbu kelishuv Panjsher viloyatida to‘qnashuvlar yuz berishining oldini olishi kutilmoqda.
«Tolibon» harakati va Afg‘onistonni qutqarish birlashgan fronti harbiy harakatlardan tiyilish va bir-biriga hujum qilmaslik to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Bu haqda Geo TV telekanali xabar berdi.
Manbalarning aytishicha, Parvon viloyatidagi Chorikor shahrida «Tolibon» va muxolifatchilar delegatsiyalari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgan.
Qayd etilishicha, tomonlar yaqin vaqt ichida kelishuv haqida ma'lum qiladi.
«Tolibon» va qarshilik harakati o‘rtasidagi kelishuv Panjsher viloyatida to‘qnashuvlar yuz berishining oldini olishi kutilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, alyans 10 ming nafargacha harbiy va og‘ir qurollarga ega. 22 avgust kuni toliblar Panjsherni egallash uchun o‘z askarlarini jo‘natgani xabar qilingandi. OAVning yozishicha, shundan so‘ng Ahmad Mas'ud «Tolibon» vakillari bilan muzokara boshlagan.
Mavzuga oid

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

07:02 / 16.04.2025
Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi

20:09 / 15.04.2025