O‘zbekiston | 15:31 / 26.08.2021
7620
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda kibersport arenasi ochildi

Uzbekistan Espors federatsiyasi yangi loyihaga start berib, o‘z arenasini tashkil qildi.

Toshkentda professional kibersport arenasi – Full Level Espors Center’ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida bir qator taniqli tadbirkorlar, xususan Hasan va Husan Mamasaidov, sport mutasaddilari, taniqli kibersportchi va boshqa mehmonlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, Xalqaro kibersport federatsiyasi (IeSF) tomonidan tashkil etiladigan Jahon chempionati uchun kibersportchilar orasida milliy saralash bahslarining grand-finali bo‘lib o‘tdi.

Yakunda eng kuchlilar Team Uzbekistan bilan grand final uchrashuvida qatnashishdi. Reglamentga muvofiq, g‘olib jamoa O‘zbekiston milliy terma jamoasi (Team Uzbekistan) sifatida Jahon chempionatining mintaqaviy saralashida qatnashadi.

Endilikda ushbu binoda professional kibersport arenasi, kibersport studiyalari, kibersport maktablari hamda federatsiya shtab-kvartirasi joylashadi. Ko‘plab rasmiy turnirlar va markaziy o‘yinlar aynan shu manzilda o‘tkaziladi va maxsus studiya orqali jonli efirda televideniyega uzatiladi.

Shuningdek, kibersport bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining bazasi ham ushbu arenada joylashib, tayyorgarliklar shu yerning o‘zida olib boriladi.

Mavzuga oid