O‘zbekiston | 12:01 / 27.08.2021
985
1 daqiqa o‘qiladi

Nukus - Oqto‘be - Nukus yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Parvozlar 31 avgustdan boshlab seshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Foto: KUN.UZ

31 avgustdan boshlab «Uzbekistan Airways» AJ Nukusdan Oqto‘bega ikki tomonlama — seshanba va payshanba kunlari ikkita muntazam parvozni amalga oshira boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Nukus — Oqto‘be yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 1 048 000 so‘mdan boshlanadi. Nukus — Oqto‘be — Nukus yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi esa 1 810 000 so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent – Nukus – Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid