Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MTRK tizimida yangi teleradiokanal tashkil etiladi
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida “Foreign Languages” teleradiokanali tashkil etiladi.
“Foreign Languages” xorijiy tillar teleradiokanalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “Oilaviy” telekanali negizida xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan “Foreign Languages” xorijiy tillar teleradiokanali tashkil etiladi.
Telekanal o‘z dasturlarini bir kecha-kunduzda 24 soat davomida xorijiy tillarda efirga uzatadi, bunda har kuni kamida 3 soat efir vaqti xorijiy tillarni onlayn o‘rgatishga ajratiladi.
Qayd etilishicha, bolalar uchun mo‘ljallangan xorijiy tildagi televizion asarlar dublyajsiz, asl tilida, zarur hollarda o‘zbek, ingliz va rus tillarida titrli tarjima qilgan holda efirga uzatiladi.
Mavzuga oid
15:18 / 13.11.2024
O‘zbekiston ingliz tili savodxonligi reytingida 98-o‘ringa tushdi
14:09 / 13.08.2024
Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligi yuzasidan telekanallarga ko‘rsatma xati yubordi
09:00 / 11.02.2024
O‘zbekiston televideniyesi qanday bo‘lishi kerak?
15:34 / 02.02.2024