Jahon | 21:27 / 01.09.2021
49181
1 daqiqa o‘qiladi

«Tolibon» Afg‘oniston hukumati rahbarini tayinladi

Toliblar vakili Anamulla Samanganiyning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston hukumatini harakat yetakchisi Haybatulla Oxundzoda boshqaradi.

«Tolibon» harakati Afg‘oniston hukumati rahbarini tayinladi, deb xabar berdi Tolo News telekanali.

Toliblar vakili Anamulla Samanganiyning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston hukumatini harakat yetakchisi Haybatulla Oxundzoda boshqaradi.

«U hukumat rahbari bo‘ladi, bunga hech qanday shubha bo‘lmasligi kerak», — degan Samanganiy.

Samanganiy shuningdek, yangi hukumat bo‘yicha maslahatlashuvlar yakuniy bosqichda ekanligini ma'lum qilgan.

Avvalroq toliblar mudofaa, ichki ishlar, moliya vazirliklari va razvedka xizmatiga rahbarlar tayinlagani xabar qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid