Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ichon qal'a»da arxeologik qazishmalar boshlandi
Xorazm Ma'mun akademiyasi olimlari va Xiva shahridagi «Ichon qal'a» davlat muzey-qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari hamkorligida Ko‘hna ark ochiq maydonida arxeologik qazishmalar boshlandi.
Ushbu hududda ilk arxeologik izlanishlar o‘tgan asrning 90-yillarida amalga oshirilgan bo‘lib, XVIII-XIX asrga oid madaniy qatlam aniqlangan va nodir ashyolar topilgan edi.

Galdagi arxeologik qazishmalardan maqsad – izlanishlarni yanada takomillashtirish, eng qadimgi madaniy qatlamlarni qidirib topish, ilmiy o‘rganish va ulardan muzeylashtirish jarayonlarida keng foydalanish, boy tariximiz sahifalarini yangi, nodir daliliy ashyolar bilan to‘ldirish va targ‘ib qilishdan iborat.
Arxeologik qazishmalar olib borilayotgan maydonni kelgusida sayyohlar tomosha qiladigan va oyna bilan qoplangan ekspozitsiyasiga aylantirish rejalashtirilgan.