O‘zbekiston | 09:21 / 02.09.2021
3341
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda haydovchining o‘g‘li vafot etdi

Surxondaryo viloyati Boysun tumani haydovchi uxlab qolishi ortidan «Damas» mashinasi «Kamaz» yuk mashinasining ortidan urilgan. Oqibatda «Damas» haydovchisining o‘g‘li og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 1 sentabr kuni soat 6:30larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Surxondaryo viloyati Boysun tumanidan o‘tgan 1352-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

«Damas» mashinasi o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan «Kamaz» mashinasining orqa tomoniga borib urilgan. Oqibatda «Damas» haydovchisining o‘g‘li og‘ir tan jarohatlari olib, Boysun tumani shifoxonasida vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvlarda «Damas» haydovchisi mashinani boshqarib ketayotganda uxlab qolgani va natijada boshqaruvni yo‘qotgani aniqlangan.

Mavzuga oid