Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xitoy bizning butun dunyo bozoriga chiqadigan darvozamizdir» - «Tolibon» vakili
18 avgust kuni Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan Xitoy «Tolibon» hukumati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatishga tayyorligini ma'lum qilgandi.
«Tolibon» Xitoyni o‘zining asosiy hamkori sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda toliblar vakili Zabihulla Mujohid Repubblica gazetasiga bergan intervyusida aytdi.
«Xitoy bizning asosiy hamkorimiz hisoblanadi, u biz uchun fundamental va o‘ziga xos imkoniyat taqdim etadi, chunki investitsiya kiritish va mamlakatimizni tiklashga tayyor», — dedi u.
Mujohid Xitoy ilgari surayotgan «qadimiy Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklaydigan» «Bir kamar – bir yo‘l» tashabbusiga e'tibor qaratdi.
«Bundan tashqari, bizda xitoyliklar yordamida qayta tiklanadigan va modernizatsiya qilinadigan boy mis konlari bor. Xitoy bizning butun dunyo bozoriga chiqadigan darvozamizdir», — dedi toliblar vakili.
18 avgust kuni Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan Xitoy «Tolibon» hukumati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatishga tayyorligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
21:47 / 22.04.2025
«Tolibon» endi Rossiyada terror guruhi emas. Harakat asr boshida Rossiyaga jihod e’lon qilgandi
20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji
22:28 / 09.04.2025