Jamiyat | 09:36 / 05.09.2021
2633
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda «Gazel» bilan to‘qnashgan «Spark» haydovchisi vafot etdi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yo‘l chetida to‘xtab turgan «Gazel» mashinasi bilan to‘qnashgan «Spark» haydovchisi vafot etgan. Aniqlanishicha, u spirtli ichimlik ta'siri ostida bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 4 sentabr kuni soat 3:15larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R101 avtomobil yo‘lining 18-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, «Spark» mashinasi Qumqo‘rg‘on tumanidan Jarqo‘rg‘on tumani tomon harakatlanib kelayotib, nosozligi tufayli yo‘l chetida to‘xtab turgan «Gazel» mashinasiga borib urilgan. Oqibatda «Spark» haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvda, «Spark» haydovchisi spirtli ichimlik ta'siri ostida bo‘lgani aniqlangan. Bundan tashqari, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan hududda yo‘l belgilari ham talablarga javob bermasligi ma'lum bo‘lgan.

Mavzuga oid