Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda xorijiy mutaxassislar uchun yangi vizalar joriy qilindi
BAAda mamlakatga kirishni yengillashtiruvchi yangi vizalar kiritilgani e'lon qilindi. Ushbu vizalar ish beruvchidan homiylik kafolatlarini olishsiz ishga ariza berishga imkon beradi. Yangi qoidalarga ko‘ra, BAAda ishini yo‘qotgan ekspatlar yangi ish topish uchun mamlakatda yana 180 kun qolishi mumkin. Bundan tashqari, bunday viza bilan BAAga keluvchi mutaxassislar bilan birga ularning 25 yoshgacha bo‘lgan farzandlari ham kelishi mumkin.
Yangi viza qoidalari BAAning xorijiy investorlar va malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha dasturining bir qismi hisoblanadi. Mamlakat yaqin 9 yil ichida 150 mlrd dollarlik xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni rejalashtirmoqda. 2020 yilda BAA xorijiy investorlar, tadbirkorlar, ba'zi sohalar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar uchun 10 yillik “oltin” vizalar berilishini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
19:28 / 26.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
09:39 / 25.05.2025