Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri hududida 1 million tup daraxt ekiladi
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligining 2021 yil kuz va 2022 yil bahor mavsumlarida Toshkent shahri hududida 1 million tup daraxt ekish bo‘yicha “1 million daraxt” tashabbusiga rozilik berildi.
Toshkent shahar hokimligi huzurida quyidagi vazifalar yuklatilgan holda xo‘jalik hisobidagi davlat unitar korxonasi shaklidagi “Toshkent sayilgohi direksiyasi” tashkil etildi:
- Toshkent shahrida mavjud va yangi barpo etiladigan istirohat bog‘lari, mavzuli xiyobonlar, sayilgohlar, yashil maydonlar va xiyobonlarning namunali saqlanishini ta'minlash, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq ulardan foydalanish ishlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, xizmat ko‘rsatiladigan hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish va obod qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
- ko‘kalamzorlashtirish obektlarini saqlash va ulardan foydalanish, daraxtlarni, butalarni, gullarni parvarish qilish va ko‘kalamzorlashtirilgan maydonchalarni ta'mirlash bo‘yicha zarur tashkiliy-agrotexnika ishlarini amalga oshirish;
- mukammal va joriy ta'mirlash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash, shuningdek, sun'iy sug‘orish tizimlari, nasos stansiyalari, quduqlar, qattiq qoplamalar, yo‘llar va yo‘laklar, ko‘chalarni yoritish vositalari va favvoralarning sanitariya va texnik jihatdan zarur holatda bo‘lishini ta'minlash.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025