Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amudaryoning eng katta chorrahasidagi svetoforlar ishlay boshladi
Berdaq hamda Shifokorlar ko‘chalari kesishmasida joylashgan svetoforlar ta'mirlashdan keyin ishlay boshlagan. Avvalroq mobil muxbir Amudaryoda sifatsiz benzin sotilayotgani haqida xabar bergandi.
Oldinroq #Kunmobilmuxbiri Amudaryodagi eng katta chorrahada ikki kundan beri svetofor ishlamayotgani haqida xabar bergandi. Amudaryo tumani hokimligi holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, tumandagi Berdaq hamda Shifokorlar ko‘chalari kesishmasida joylashgan svetoforlar ta'mirlash ishlari olib borilishi tufayli ikki kun ishlamay qolgan.
Ta'kidlanishicha, ishlar olib borilishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda e'lon berilgan. Kun.uz muxbiri hokimlikka tegishli ikkita telegram kanalni ko‘zdan kechirganda negadir bu e'lon topilmadi.
Qo‘shimcha qilinishicha, ta'mirlash ishlari yakuniga yetkazilgach, svetoforlar ishga tushirilgan. Yo‘lda harakatlanishda kelib chiqayotgan barcha muammolar bartaraf etilgan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin #Kunmobilmuxbiri Amudaryo tumanidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida sifatsiz benzin sotilayotgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
09:11 / 29.11.2024
Eski ToshMI va sobiq «Toshselmash» bozori yonidagi chorrahalar rekonstruksiya qilinadi
08:28 / 31.08.2024
Toshkent halqa avtomobil yo‘lining boshqa tirband chorrahalarida ham yo‘l o‘tkazgichlar quriladi
17:56 / 16.05.2024
Toshkentda ta’mirlanadigan ko‘chalar va chorrahalar ro‘yxati e’lon qilindi
00:24 / 06.03.2024