O‘zbekiston | 16:03 / 07.09.2021
1537
2 daqiqa o‘qiladi

Ikkinchi Xalqaro baxshichilik san'ati festivali Nukusda o‘tkaziladi

Festival 12-14 sentabr kunlari Nukus shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ikkinchi Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o‘tkazish joyi etib Nukus shahri belgilandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Madaniyat vazirligi ma'lum qildi.

Festivalda mahoratli baxshilarni saralab olish maqsadida joriy yilning 12-14 sentabr kunlari Nukus shahrida baxshilar o‘rtasida ko‘rik-tanlov tashkil etiladi.

Tadbirda ilmiy-amaliy konferensiyalar, xorijiy va O‘zbekiston san'ati ustalari hamda baxshi-shoirlar konsertlari o‘tkaziladi. Shuningdek, sayillar, baxshichilik san'ati tarixiga oid ko‘rgazma, o‘zbek, fors, arab, ingliz va rus tillarida nashr etilgan ilmiy-tadqiqot asarlari hamda ilmiy-ma'rifiy adabiyotlar namoyishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Festival doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan konferensiyani epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda onlayn va offlayn (gibrid) shaklda o‘tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil aprel oyining uchinchi o‘n kunligida festivalning ochilish marosimi Nukusda boshlanib, yakuniy qismi Mo‘ynoqda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid