Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosida yangi poyezdlar harakatlana boshladi
Toshkent metrosida yangi poyezdlar ishga tushirildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar berdi.
Qayd etilishicha, 6 sentyabr kuni Toshkent metropolitenida o‘tgan haftada keltirilgan va taqdim etilgan yangi metro poyezdlari poytaxt ahli va mehmonlariga xizmat qilishni boshladi.
Yangi poyezdlarining sozlash ishlari yakunlangach, eng ko‘p yo‘lovchilar oqimiga ega bo‘lgan “Chilonzor” yo‘nalishida uchta harakat tarkibi o‘z ishini boshladi. Qolgan yana ikkita metro poyezdi yaqin orada ushbu yo‘nalishda aholi xizmatida harakatlanadi.
“Endi “Chilonzor” yo‘nalishida ertalabki tig‘iz vaqtda, soat 07:30 dan 9:00 gacha poyezdlar orasidagi interval 3 daqiqani va kechqurungi tig‘iz vaqtda, soat 16:30 dan 19:30 gacha 4 daqiqani tashkil etmoqda”, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
10:00 / 11.04.2025