Jahon | 17:41 / 13.09.2021
11393
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy hukumati Alibaba’ga yangi zarba berdi

Hozirda Alipay to‘lov servisidan bir milliarddan ortiq kishi foydalanadi. Servisdan keladigan daromad Ant Group kompaniyasi ko‘radigan foydaning katta qismini tashkil etadi.

Foto: Getty Images

Pekin Alibaba kompaniyasining shu'ba korxonasi Ant Group’dan Alipay to‘lov servisidan voz kechish va kreditlash uchun alohida ilova yaratishga majbur qiladi. Yangi loyiha qisman davlatga tegishli bo‘ladi va Jye Ma kompaniyasining mustaqilligiga yangi zarba beradi, deb yozadi Financial Times.

Hozirda Alipay to‘lov servisidan bir milliarddan ortiq kishi foydalanadi. Servisdan keladigan daromad Ant Group kompaniyasi ko‘radigan foydaning katta qismini tashkil etadi — 2020 yilning birinchi yarmida bu ko‘rsatkich 39 foizni tashkil etgan.

Bundan tashqari, o‘tgan yili mamlakatdagi barcha iste'mol kreditlarining o‘n foizi ushbu ilova yordamida olingan.

Financial Times nashrida chop etilgan maqoladan so‘ng Alibaba aksiyalari narxi Hongkongdagi savdolarda 5,9 foizga arzonlagan.

Mavzuga oid