O‘zbekiston | 12:00 / 15.09.2021
22555
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi xonadonlarning narxi - OLX tahlili

Kuz faslida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar tuzish faollashadi. Narxlarni aniqlashda sizga yordam berish uchun OLX tahlilchilari 2020 va 2021 yil avgust oylari uchun xonadonlarning o‘rtacha narxlari dinamikasining xulosasini tuzdilar. Tadqiqot obekti – Toshkent shahrining turli tumanlaridagi ikkilamchi uy-joy bozoridagi bir, ikki, uch va to‘rt xonali xonadonlar.

O‘rtacha olganda poytaxtda holat quyidagicha: bir xonali xonadonlar 9 foizga, ikki xonali xonadonlar 12 foizga, uch xonali xonadonlar 4 foizga, to‘rt xonali xonadonlar 10 foizga qimmatlashgan. 

Biz sizga ko‘chmas mulklarning shahar tumanlari bo‘yicha tuzilmasi tahlilini taqdim etamiz, chunki joylashuv nafaqat xonadonni tanlashda, balki uning qiymatini aniqlashda ham muhim mezonlardan biridir. E'tibor bering: har xil turdagi xonadonlarning o‘rtacha narxlari dinamikasi har bir hudud uchun individualdir. Bu ketma-ketlik bir xonali xonadonning narxiga asoslanib, eng balanddan pastga qarab ko‘rsatilgan.

Shaharning eng obro‘li va qimmat tumanlaridan bo‘lgan Mirobod tumanida xonadonlarning narxi 344 million so‘mdan boshlanadi. Bu yerda ikki xonali xonadonlar narxining nisbatan ko‘tarilishi kuzatilmoqda – 508 milliondan 599 million so‘mga.

Yakkasaroy tumani eng qimmat ko‘chmas mulk reytingida ikkinchi o‘rinda turadi. Ushbu tumanda barcha turdagi xonadonlar narxining barqaror o‘sishi kuzatilmoqda. Bir xonali xonadon o‘rtacha 301 million so‘m atrofida, ikki xonali xonadonning narxi 434 million so‘m – 18 foizga oshgan.

Yunusobodda, ayniqsa, bir (17 foiz) va ikki xonali (19 foiz) xonadonlar narxining o‘sishi kuzatilmoqda. Uch xonali xonadon narxi 13 foizga oshdi, to‘rt xonali xonadon narxi esa atigi 6 foizga oshdi.

Shayxontohur tumanida biroz boshqacha holat kuzatilmoqda: bir xonali xonadonlar 12 foizga, ikki xonali xonadonlar 17 foizga, uch xonali xonadonlar 11 foizga, to‘rt xonali xonadonlar 23 foizga oshdi.

Chilonzor tumanida narxlar juda kam o‘sdi: mos ravishda 1, 3, 6 va 4 foiz.

Markazdan uzoqda joylashgan ikki tuman: Olmazor va Uchtepada bir xonali xonadonlar narxi bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Ammo Olmazordagi ikki xonali xonadonlar narxi 12 foizga (Uchtepa 9 foiz) oshdi, Uchtepada uch xonali xonadonning narxi 13 foizga tushdi, Olmazorda esa 2 foizga oshdi. To‘rt xonali xonadonlarning narxi ikkala tumanda ham pasaygan: Olmazorda 3 va Uchtepada 4 foiz.

Mirzo Ulug‘bek tumanida vaziyat boshqacha. Bir va uch xonali xonadonlar 2 va 1 foizga o‘sdi, ikki xonali xonadonlar birdaniga 7, to‘rt xonali xonadonlar esa 14 foizga qimmatlashdi.

Sergelida qiziqarli holat kuzatilmoqda: bu yerda barcha turdagi xonadonlarning narxi sezilarli darajada oshgan.

Narxlar barqaror o‘sgan bo‘lsa ham Yashnobod tumanida xonadonlar biroz arzonroq. Bu yerda bir xonali xonadonlar 12 foizga qimmatlashdi va 221 million so‘mni tashkil etdi (2020 yil avgustda 197 million so‘m). Ikki xonali xonadonlar 9 foizga oshdi va 2021 yil avgust oyida ular o‘rtacha 360 million so‘mga berildi, garchi o‘tgan yili 331 million so‘m bo‘lgan bo‘lsa ham.

Bektemir tumani – markazdan eng uzoqda joylashgani bilan ko‘chmas mulk narxlari nuqtayi nazaridan eng ma'qul narxlar hisoblanadi.

OLX – ko‘chmas mulk amaliyotlari bo‘yicha yetakchi xizmat platformasi, u sizning xonadoningizni foydali sotishga va eng maqbul turar joy variantini topishga yordam beradi.

Reklama huquqi asosida

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid