Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Spark” boshqaruvidagi haydovchi 4 yoshli qizchani urib yubordi
Bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchisi, 2017 yilda tug‘ilgan Marjona tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Toshkentda ayol kishi boshqaruvida bo‘lgan mashina to‘rt yoshli qizchani urib yubordi. Qiz shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
“2021 yil 14 sentyabrda, taxminan soat 17:00 da, Uchtepa tumani Beshqayrag‘och ko‘chasida, 540-sonli bolalar bog‘chasi yonida “Spark” rusumli avtomashinasini boshqargan Saida N. voyaga yetmagan piyodani urib yuborgan”, deyiladi xabarda.
Hodisa oqibatida yuqorida aytib o‘tilgan bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchisi, 2017 yilda tug‘ilgan Marjona M. tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Xabarda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1 -qismida nazarda tutilgan jinoyat ishi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
12 sentabr kuni Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani hududida “Matiz” va “Damas” rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 2007 yilda tug‘ilgan piyoda og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025