O‘zbekiston | 08:11 / 19.09.2021
13928
2 daqiqa o‘qiladi

Chustdan gapiramiz: Shoyonlik bobodehqon hikoyasi

Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi Rahimjon Rajabov uzoq yillardan buyon bog‘dorchilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. 2007 yil avtohalokat sabab oyog‘i nuqsonli bo‘lib qolgan. Shunday bo‘lsa-da, qahramonimiz harakatdan, mehnatdan to‘xtamagan.

U istiqomat qiluvchi Shoyon qishlog‘i ahlining ko‘pi bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadi. Bog‘larda anor, olma, behi, bodom va boshqa ko‘plab mevalar yetishtiriladi.

Rahimjon akaning so‘zlariga ko‘ra, mevalar har yili birdek hosil beravermaydi. Bir yili olma yaxshi bo‘lsa, bir yili anor serhosil bo‘ladi.

Rahimjon Rajabovning so‘zlariga ko‘ra, bu yil suvdan muammo bo‘lgan. U daraxtlar to‘yib suv ichmagani, bu esa hosilga ta'sir qilganini aytdi.

Dehqon kasbidan baraka topdim, deb hisoblaydi. Shu ish orqasidan farzandlariga to‘y qilgan. Hayoti birday o‘tib turishiga shu bog‘dan olinadigan daromadi kor qiladi.

Usta dehqon bugun kelasi yilgi hosil uchun go‘ng olib kelib daraxtlar ostiga ko‘mishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu daraxtlar ko‘proq meva berishiga, yaxshi o‘sishiga yordam beradi. Dehqon bog‘ ishlariga eng katta ko‘makchisi — eshagi bilan birga otlanadi.

Tohirjon Tursunov, Kun.uz muxbiri,
Tasvirchi va montaj ustasi — Boymirza Xalilov.

Mavzuga oid