Jahon | 01:33 / 21.09.2021
23777
2 daqiqa o‘qiladi

Kanada bosh vazirining sallada tushgan surati mojaroga sabab bo‘ldi

Foto: Daily Mail

Canadian Proud konservatorlar guruhi Kanadadagi parlament saylovlari arafasida Twitter’dagi sahifasida Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning sallada va yuzini qora rangga bo‘yagan holda tushgan suratini joylashtirdi. Daily Mail nashrining yozishicha, ushbu surat 20 sentyabrda boshlangan saylovlarda Tryudoning g‘alaba qozonishga imkoniyatlarini yomonlashtirishi mumkin.

Ta'kidlanishicha, ushbu surat 2001 yilda olingan. O‘shanda bo‘lg‘usi bosh vazir Vankuverda xususiy o‘qituvchi bo‘lib ishlagan va “Arab tuni” deb nomlangan kechada ishtirok etgan. O‘shanda aksariyat ishtirokchilar, jumladan Tryudo kechaga arabcha uslubdagi kiyimlarda tashrif buyurishgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Kanada bosh vazirining ushbu suratini irqiy deb topishgan.

“Men konservator emasman, biroq Jastin Tryudoning “blekfeys” (oq tanli odamlarning hajviy maqsadda yuzini qoraga bo‘yashi) bilan tushgan navbatdagi surati paydo bo‘lganda, qanday qilib u bu ishi uchun partiyasi yoki tarafdorlari tomonidan javobgarlikka tortilmaganini hech tushuna olmayman”, deb ta'kidlab o‘tgan foydalanuvchilardan biri.

Bundan avval ham Tryudoning yuzini qora rangga bo‘yagan holda aks etgan videosi internetda tarqalgandi va uning ommaviy tanqid qilinishiga olib kelgandi. O‘shanda u surat uchun uzr so‘ragan. Biroq Tryudo yaqinda bo‘lgan surati bo‘yicha hozircha hech qanday izoh bermagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid