Navoiyda prezidentlikka nomzodlarning ishonchli vakillari ishtirokida brifinglar o‘tkazilmoqda
21 sentabr kuni Navoiyda prezidentlikka O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning viloyatdagi ishonchli vakili Quvondiq Sanaqulov hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovning ishonchli vakili Ilhom Rajabov ishtirokida brifinglar bo‘lib o‘tdi.
Navoiy shahridagi “Kavorking” markazida Quvondiq Sanaqulov ishtirokida o‘tkazilgan brifing “Ishonchli vakil ishining boshlanishi, uning maqsad va vazifalari” mavzusiga bag‘ishlandi. O‘zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi matbuot kotibi Muhayyo Pirnafasovaga ko‘ra, ishonchli vakil aholi bilan saylovoldi uchrashuvlar jarayonining o‘zida bir yo‘la yechilmay qolgan muammolar, yo‘l qo‘yilgan xatolarni ham o‘rganib borishini, shuningdek, aholini uchrashuvlarga sohalarga bo‘lgan holda jalb qilmoqchiligini ma'lum qilgan.
Kunning ikkinchi yarmida Ilhom Rajabov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda esa ishonchli vakilning tuman va shaharlarda o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi ishlab chiqilganligi, mazkur reja asosida birinchi uchrashuv Navbahor tumanida bo‘lib o‘tishi haqida ma'lumot berilgan. Partiya axborot xizmatining ma'lum qilishicha, Ilhom Rajabov saylovchilar savol bilan nomzodning ishonchli vakiliga murojaat qilishi, ayrim mavhum savollarga nomzod tomonidan javob qaytarilishi uchun jonli muloqot yo‘lga qo‘yilishi haqida ham to‘xtalib o‘tgan.
Mavzuga oid
20:21 / 19.09.2024
O‘zLiDeP xususiy mulk huquqini himoya qilish va jinoiy javobgarlikni kuchaytirishni taklif etmoqda
09:52 / 11.09.2024
Ayol kishining suratlarini internetga qo‘yib intim xizmatlar taklif qilgan shaxs ushlandi
15:13 / 09.09.2024
Navoiyda ikki o‘quvchining umriga zomin bo‘lgan haydovchi 5 yilga qamaldi
17:51 / 07.09.2024