O‘zbekiston | 08:05 / 22.09.2021
2860
1 daqiqa o‘qiladi

38ta mahallada «Elektron kuzatuv maskanlari» tashkil etiladi

“Mahallalarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi 

2021 yil 1 oktyabrdan 2022 yil 1 oktyabrgacha mahallalarda barpo etilgan ayrim “Jamoatchilik nazorati maskanlari” (maskanlar) negizida “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi

Eksperiment doirasida:

  • tadbirkorlarga beriladigan maskanlar va ularning binolari atrofida 6 kvadrat metrgacha “Elektron kuzatuv maskanlari” joylashtiriladi, qolgani tadbirkorlik uchun 5 yil muddatga ijaraning “nol” stavkasi asosida beriladi;
  • maskanlar ijara shartnomasi asosida beriladigan tadbirkorlar “E-auksion” platformasida elektron tanlov o‘tkazish orqali aniqlanadi;
  • ijara muddati tugagandan so‘ng maskanlarning binolari mahallaga mulk huquqi asosida qoldiriladi.

Tegishli 38ta mahalladagi maskanlar “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga ijara huquqi asosida beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid