Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar Mahkamasida tayinlovlar amalga oshirildi
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Unga ko‘ra, Bekzod Akromov Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda budjet, soliq va bojxona siyosatini muvofiqlashtirish masalalari shu'basi mudiri etib tayinlandi.
Shuningdek, Zafar Ro‘ziyev Vazirlar Mahkamasi Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudirining o‘rinbosari – Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi mudiri etib tayinlandi.
Uchqun Mahmudov Vazirlar Mahkamasi Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining Atamashunoslik va toponimik obektlarga nom berish faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi mudiri etib tayinlandi.
Mavzuga oid
12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi
17:31 / 07.05.2025