Xorazmda miqdori oshgan va kamaygan jinoyatlar bo‘yicha hisobot berildi
Og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlari 140 foizga oshgani, qotillik jinoyati 20 foizga kamaygani ma'lum bo‘ldi.
Xorazm viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Davron Nazarmuhammedov viloyat Xalq deputatlari kengashida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.
Uning ma'ruzasidan ma'lum bo‘lishicha, 2021 yilning dastlabki 6 oyida viloyat hududidagi 526 ta mahallaning 78,9 foizida (415 tasida) jinoyatlar sodir etilmagan. 3,4 foizida (18 ta) jinoyatlar kamaygan, 8,9 foizida (47 ta) jinoyatlar miqdori o‘zgarmagan. 21,1 foizida (111 ta) jinoyatlar sodir etilgan, 8,7 foizida (46 ta) jinoyatlar miqdori oshgan.
Bu davrda viloyat hududida 992 ta jinoyat qayd qilingan. Jinoyatlar miqdori Xiva shahri, Gurlan, Shovot, Xonqa, Hazorasp, Qo‘shko‘pir, Bog‘ot, Yangibozor va Xiva tumanlarida kamaygan. Yangiariq tumanida o‘zgarmagan. Urganch shahri, Tuproqqal'a va Urganch tumanida oshgan.
Jinoyat turlari bo‘yicha tahlillarga ko‘ra, o‘g‘rilik 11,4 foizga, qotillik 20 foizga, bezorilik jinoyati 40 foizga kamaygan. Firibgarlik jinoyati 17,5 foizga, og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati 140 foizga o‘sgan. O‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari 6,9 foizga kamaygan.
Jinoyatlarning sodir etilish turlariga ko‘ra, tamomlangan jinoyat ishlari bo‘yicha jinoyatchilar soni 671 nafarni tashkil qilgan. Shularning 16 nafari mast holatda, 23 nafari oldin jinoyat sodir qilganlar, 142 nafari ishlamaydiganlar, 58 nafari ayollar, 10 nafari voyaga yetmaganlar, 148 nafari guruhlar tarkibidagi shaxslar bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
18:26 / 16.09.2024