Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi
Kecha, 22 sentyabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Qirg‘izistonga rasmiy tashrifi doirasida Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi.
Senat matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, tomonlar munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shu jumladan, parlamentlararo va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan.
Qirg‘iziston prezidenti do‘stlik, ahil qo‘shnichilik va strategik hamkorlik tamoyillariga asoslangan ikki davlat munosabatlari yuksak darajaga yetganini mamnuniyat bilan qayd etgan.
Shuningdek, Japarov O‘zbekistonda prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazib olinishini tilab, Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarini to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Suhbat davomida tomonlar ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasidagi hamkorlik, chegara hududlarining mahalliy munitsipal Kengashlarining samarali aloqalarini faollashtirishga qaratilgan ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish va ikki mamlakat aholisining keng qatlamlari o‘rtasida yaqin madaniy-gumanitar aloqalar va muloqot uchun barcha zarur qulay shart-sharoitlar yaratishning muhimligini ta'kidlagan.
Ma'lumot uchun, Senat raisi Tanzila Norboyeva «Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti» tashabbusi doirasida bo‘lib o‘tgan «Qirg‘iziston va O‘zbekiston tadbirkor ayollari muloqoti» biznes-forumida ham qatnashdi.
Mavzuga oid
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
12:20 / 29.04.2025
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi
19:32 / 25.04.2025