Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon Italiyada hibsga olindi
Italiya politsiyasi xodimlari Sardiniya orolida Kataloniya hukumatining sobiq rahbari Karles Puchdemonni hibsga olishdi. Ispaniyalik siyosatchi 2017 yildan beri Belgiyada yashirinib kelayotgandi.
Puchdemonning hibsga olingani haqida uning advokati Gonsalo Boyyega tayanib El Pais nashri xabar berdi. Siyosatchi Ispaniya oliy sudining qaroriga ko‘ra, 2019 yil oktyabrda uni hibsga olishga berilgan order bo‘yicha Sardiniyaga kelishi bilanoq aeroportda hibsga olingan. Ispaniya hukumati Puchdemonni g‘alayon ko‘tarishga gijgijlashda va davlat pullarini o‘g‘irlashda ayblab keladi. Bundan tashqari, u 2017 yilda Kataloniyaning mustaqilligi uchun o‘tkazilgan noqonuniy referendum tashkilotchisi deb hisoblanadi.
Puchdemon 24 sentyabrda Sassari shahri apellyatsiya sudi jarayonida ishtirok etishi kutilmoqda. Italiya sud idoralari uni Ispaniyaga topshirishga asos borligi yoki yo‘qligini belgilashlariga to‘g‘ri keladi.
Siyosatchi Kataloniyada o‘tkazilgan referendumdan keyin ispan sudidan qochib, Belgiyada yashirinib yurgan. 2019 yilda u mahalliy prokuraturaga taslim bo‘lgan. 2020 yil yanvarda Belgiya sudi uning Ispaniyaga ekstraditsiya qilinishini bekor qilgan.
Puchdemonning Sardiniyada bir qator siyosatchilar, jumladan orolning Italiyadan mustaqil bo‘lishi tarafdorlari bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025